alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“Yangi O‘zbekiston- yangicha dunyoqarash” targ‘ibot tadbirlari buyuk maqsadlar sari ilhomlantirmoqda

17:56 12.11.2020

Bugun jonajon Andijonda o‘zgacha shukuh. Har bir kunimiz yangilikka, o‘zgarishga, intilishga boy. Ona Vatanimizda ro‘y berayotgan uchinchi renessans albatta, diyorimizning har bir burchagida o‘z aksini topayotir. Mana shunday islohotlar bilan viloyatda yashovchi aholini tanishtirish maqsadida respublika targ‘ibot guruhi bugundan boshlab mahallalarda istiqomat qilayotgan fuqarolar huzuriga otlanishdi.


Andijon shahri “Do‘stlik” mahalla fuqarolari huzuriga 5-guruh vakillari tashrif buyurdilar.


Samimiy muloqotda guruh rahbari Andijon davlat tibbiyot instituti  O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri M.Qoziboyeva “Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” mavzusida ma’ruza qildi.  Targ‘ibotchi V.Ibragimova ta’lim sohasidagi yangiliklar haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Suzish bo‘yicha olimpiada chempioni M.Tursunxo‘jayev sportning yoshlar hayotidagi o‘rni va o‘zi erishgan muvaffaqiyatlar haqida gapirib berdi. “Nihol” mukofotining sovrindori I.Xodjayev esa o‘zining Vatan, yurt haqidagi diltortar qo‘shiqlari bilan tadbirga fayz bag‘ishladi.


31-maktab binosida tashkil qilingan ko‘rgazmali sport chiqishlari, beshta muhim tashabbus doirasida maktab o‘quvchilarining  olib borayotgan faoliyatidan namunalar tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi. Maktab o‘quvchilari orasidagi ijodkor yoshlar Vatan, ona, tinchlik mavzulariga bag‘ishlab yozgan she’rlaridan namunalar o‘qidilar va badiiy chiqishlari bilan barchaning ko‘ngillarini xushnud qildilar.


Tadbir so‘nggida “Do‘stlik” mahallasi fuqarosi A.Ismoilov karantin paytida bemorlarga bo‘lgan e’tiborni alohida ta’kidlab, o‘z minnatdorchiligini izhor qildi. Shuningdek, G.Usmonaliyeva birgina o‘zi yashayotgan mahallada olib borilgan bunyodkorlik ishlaridan mamnun ekanligini izhor qildi.


Tadbir aholining ko‘tarinki kayfiyatda buyuk maqsadlar sari ilhomlantirdi.

 ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!