alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

YANGI O‘ZBEKISTON YOSHLARI – BIR QONUN DOIRASIDA BIRLASHAYLIK!

14:24 27.03.2023

Andijon davlat tibbiyot institutida “Yangi O‘zbekiston yoshlari – bir qonun doirasida birlashaylik!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Abduhalimov tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, yangilanayotgan Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar haqida keng ma’lumotlar berildi.

Bosh Qomusimizda aks etayotgan ta’lim va sog‘liqni saqlash yo‘nalishlaridagi normalar xususida ham so‘z yuritildi.

Shuningdek, Konstitutsiyaviy qonun loyihasida yoshlar uchun keng imkoniyatlar eshigini ochishi, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni yanada ulkan marralarni zabt etishlariga zamin yaratishida mustahkam asos bo‘lishi aytib o‘tildi.

Talabalar ham o‘z navbatida bu kabi imkoniyat va g‘amxo‘rliklardan mamnunliklari hamda mamlakatimiz kelajagiga befarq emasliklari haqida fikrlarini bildirdilar.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!