Bugun, 18-may kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Davlat xususiy sherikchilik asosida qurib bitkazilgan Talabalar turar joyi bilan tanishdi.
Mazkur Talabalar turar joyi 400 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, hozirda bino qurib bitkazildi. Ayni kunlarda xonalarni jihozlash hamda hududni obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Institut rektori binodan o‘rin olgan oshxona va yashash xonalarini, keltirilgan jihozlarni ko‘zdan kechirdi. Bino atrofini yashil maydonga aylantirish, obodonlashtirish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berdi.