Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“YANGI TURMUSH” VA “YAXSHI MAHALLA” MFYLARIDA UCHRASHUV OʻTKAZILDI

22:06 17.10.2022

Andijon davlat tibbiyot institutiga biriktilgan mahallalardagi uyushmagan yoshlarni ilm va kasb-hunarga yoʻnaltirish boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy faolligini oshirish, holatini yaxshilash, maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot ishlarini tashkil etish maqsadida tizimli ishlarni amalga oshirish davom etmoqda.

Xususan, Davolash fakulteti tyutorlari tomonidan “Yangi turmush” MFYda hamda Reabilitologiya, sport tibbiyoti, xalq tabobati va jismoniy tarbiya kafedrasining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha mas’ullari tomonidan “Yaxshi mahalla” MFYlarida mahalla raislari va faollari bilan uchrashuv oʻtkazildi. Unda asosan, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bilan ishlash, ularni kasbga yoʻnaltirish, muammolarini hal etish boʻyicha fikr-mulohazalar oʻrganildi.

Shuningdek, uchrashuvdan soʻng oʻquvchilar oʻrtasida kichik sport musobaqasi ham tashkil etilib, bolalarning aqliy qobiliyatlari sinovdan oʻtkazildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!