O’ZBEKISTON-GERMANIYA: TIBBIYOT SOHASIDAGI HAMKORLIK ALOQALARI MUSTAHKAMLANMOQDA – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

O’ZBEKISTON-GERMANIYA: TIBBIYOT SOHASIDAGI HAMKORLIK ALOQALARI MUSTAHKAMLANMOQDA

10:19 08.11.2022

Andijon davlat tibbiyot instituti Germaniyaning Rostok universiteti bilan mana bir necha yildirki, ta’lim va fan sohasida faol hamkorlik qilib kelmoqda.

Har ikki oliy ta’lim muassasalari o’rtasidagi shartnomalar doirasida GIZ tashkilotining hamkorligiga binoan institutimiz  mutaxassislari Rostok Universiteti klinikasiga malaka oshirish maqsadida tashrif buyurishdi.

Dastavval Rostok universiteti rektori, professor Volgand Sharek bilan rasmiy uchrashuv boʻlib oʻtdi, unda muassasalar o’rtasida qoʻshma taʼlim dasturlarini yanada rivojlantirish, shuningdek, kasbiy oʻsish, institutimiz shifokorlarining malakasini oshirish, amaliyot oʻtash imkoniyatlari masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvdan so’ng amaliy jarayonlar boshlanib ketdi. Ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori K.Salohiddinov rahbarligidagi 5 nafar mutaxassislarimiz  yetakchi nemis urologi, professor Oliver Hakimberg rahbarligida endourologiya, onkourologiya sohasida zamonaviy yuqori texnologiyali operatsiyalarda ishtirok etishga va o‘rganishga kirishdilar. Birinchi kundanoq ular bir necha og‘ir operatsiyalar (sistektomiya va radikal prostatektomiya) amalga oshirdilar. Shuningdek,  professor Alper O‘ner rahbarligida yurak klapanlarini almashtirish va o‘rnatish, stentlash bo‘yicha zamonaviy intervension qon tomir operatsiyalari ham o‘tkazildi.

Shundan so’ng mutaxassislarimiz Shoshilinch tibbiy yordam, reanimatsiya, shok terapiyasi, jarrohlik bo’limlarining imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif davomida professor Gido Alsfasser bilan transplantologiya, umumiy, ko‘krak qafasi va qon tomir jarrohligi bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Unga ko’ra, tez orada institutimizning bir necha mutaxassislari buyrak va jigar transplantatsiyasi bo‘yicha amaliyot o‘tashlariga kelishib olindi. Shuningdek, institutimizning professor-o’qituvchilari hamda talabalariga mahorat darslari va seminarlar o‘tkazish uchun yetakchi mutaxassislar jalb etilishi rejalashtirildi.

 

Bir so’z bilan aytganda, mazkur uchrashuv Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasida yangi yuqori texnologiyali operatsiyalarni amalga oshirish uchun ulkan qadam bo’ladi.

Skip to content Click to listen highlighted text!