Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi – bu bir yillik tadbir emas”. Darhaqiqat, yashab turgan joyimizni ozoda saqlab, tabiatga mehr va e’tibor ko‘rsatsak, mevali hamda manzarali daraxtlar ekib bog‘lar yaratsak kelajak avlod ham munosib ekologik sharoitda yashaydi.
Bugun, 27-oktabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutining Xonobod shahrida joylashgan Farmatsiya yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv-amaliyot markazida “Yashil makon” umummilliy aksiyasi doirasida institut rektori, professor Madaminjon Madazimov boshchiligida ommaviy ko‘chat ekish aksiyasi o‘tkazildi.
Aksiyada markaz hududiga jami 1700 tup shundan: 860 tup manzarali pavloniya, terak, 840 tup mevali: olma, shaftoli, behi, o‘rik, limon ko‘chatlari hamda 2300 dona terak qalamchalari va 70 dona uzum qalamchalari ekildi. Mazkur markaz hududini yashil makonga aylantirish maqsadida barcha birdek faol ishtirok etdi.
Institut jamoasi tomonidan shu kabi aksiyalar doirasida daraxt ekish tadbirlari davom etmoqda.