alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

YASIN QOSIMOVGA BAGʻISHLAGAN XOTIRA TADBIRI BOʻLIB OʻTDI

20:19 17.12.2021

YASIN QOSIMOVGA BAGʻISHLAGAN XOTIRA TADBIRI BOʻLIB OʻTDI

Kasb fidoyisi boʻlgan har bir insonning xotirasi avlodlar dilidan oʻchmaydi, doimo xotirlanadi. Andijon davlat tibbiyot instituti Yuqumli kasalliklar kafedrasi dotsenti, tibbiyot fanlari nomzodi Qosimov Yasin Qosimovichning xotirlash tadbiri oʻtkazildi.

Yasin Qosimov 1948-yilda Xoʻjaobod tumanida tavallud topgan. 1972-yili Andijon davlat tibbiyot institutini tamomlab, 1975-yilgacha shahar bolalar yuqumli kasalliklari klinik shifoxonasida vrach-ordinator boʻlib ishlagan. 1975-1976-yillarda yuqumli kasalliklar mutaxassisligi boʻyicha klinik ordinaturada taxsil olib, yuqumli kasalliklar shifoxonasiga vrach-infeksionist lavozimida faoliyat olib borgan.

1983-yilda Moskva shahrida Epidemiologiya institutida akademik V.Maleyev rahbarligida “Dizenteriya kasalligini kamqonlik bilan hamroh kechganda klinik laborator hususiyatlari va davolash” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, Andijon davlat tibbiyot institutida kafedra dotsenti boʻlish barobarida ichki nazorat inspektori, davolash fakultetining dekan oʻrinbosari lavozimida ham ishlagan.

1997-1998-yillarda Asaka shahar markaziy shifoxonada Onalar va bolalar sogʻligʻini muxofaza qilish boʻyicha bosh vrach oʻrinbosari hamda 1998-yildan esa yuqumli kasalliklar va epidemiologiya kafedrasi mudiri boʻlgan.

Xotirlash tadbirida Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor v.v.b. S.Salohiddinov, 1-UASH kafedrasi mudiri, professor Z.Salohiddinov, Yuqumli kasalliklar kafedrasi katta oʻqituvchisi Yo.Yuldashev, ustozning oila aʼzolari soʻz olib, Ya.Qosimovning insoniy fazilatlari, mehnat faoliyati borasida alohida toʻxtalib oʻtdilar.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!