alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“Yaxshi kitob – ko‘ngil va ruhiyat tabibi” mavzusida ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

14:22 02.04.2019

2019-yil 2-aprel kuni Andijon davlat tibbiyot instituti 1-ma’ruzalar zalida “yaxshi kitob – ko‘ngil va ruhiyat tabibi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatiga O‘zbekiston Respublikasi ma’naviyat-ma’rifat markazi Andijon viloyat bo‘limi rahbari M.G‘ofurov, Andijon viloyati axborot-resurs markazi direktori G.Ismoilova hamda viloyat axborot-resurs markazi bo‘lim mudiri N.Yuldashevalar taklif etildilar.

Tadbirni institut psixologi O‘.Arziqulov ochib, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha 4-tashabbus ijrosini ta’minlash, kitob mutolaasi inson ruhiyatiga ijobiy ta’siri to‘g‘risida fikrlar bildirdi.

Shundan so‘ng, M.G‘ofurov so‘zga chiqib, yoshlar uchun badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop, tarbiyaviy, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan adabiyotlarni chop etish, ular bilan ta’lim muassasalarini ta’minlash, milliy va jahon adabiyoti namoyandalarining yetuk asarlarini saralash, tarjima qilish borasidagi yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar to‘g‘risida gapirdi.

Andijon viloyati axborot-resurs markazi direktori G.Ismoilova hamda viloyat axborot-resurs markazi bo‘lim mudiri N.Yuldashevalar kutubxona tizimidagi yangiliklar, yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berib, talabalar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!