alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

«YIL TALABASI-2022» RESPUBLIKA KO’RIK-TANLOVI G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI

14:10 07.04.2023

Avval xabar berganimizdek, Oliy taʼlim muassasalari talabalari o‘rtasida “Yil talabasi-2022” respublika ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tgan edi.

Joriy yilning 7-aprel kuni Toshkent shahrida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida o‘tkazilgan tanlovlar g‘olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov ishtirok etib, barcha tanlovlar g‘olib va sovrindorlarini tabrikladi.

“Yil talabasi-2022” respublika ko‘rik-tanlovi Andijon davlat tibbiyot instituti Davolash fakulteti talabasi Shoxabbos Salomov ham ishtirok etib, tanlovning “O‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rin sohibi bo‘ldi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining esdalik va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi nomidan Shoxabbos Salomovni ushbu yutuq bilan samimiy qutlab, ilm yo‘lida muvaffaqiyatlar tilaymiz!

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!