alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“YILNING ENG FAOL TALABALAR TEATR STUDIYASI” RESPUBLIKA TANLOVNNING INSTITUT BOSQICHI YAKUNLANDI

20:35 06.04.2022

Sahnada rol ijro etishning oʻzi boʻlmaydi. Hayajonni yengib, topshirilgan qahramon xarakterini mahorat bilan ochib berish kerak. Iqtidorli talabalarimiz qoʻlidan kelmaydigan ishning oʻzi yoʻq boʻlib qoldi. Chunki Talabalar turar joyida oʻtkazilgan “Yilning eng faol talabalar teatr studiyasi” Respublika tanlovining institut bosqichida sanʼatsevar yoshlar oʻz ijrolarini koʻrsata olishdi.

Har bir fakultetdan ishtirok etgan jamoalar turli mavzularda sahna koʻrinishlarini namoyish etdilar. Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat-maʼrifat boʻlimi boshligʻi A.Abduhalimov boshchiligidagi hayʼat aʼzolari taqdim etilgan asarlarni baholab bordilar. Ular asarning badiiy-gʻoyaviy talqini va yechimi, sahna bezagi, musiqiy ifodasi, rekvizit va boshqa vositalardan foydalanganlik hamda havaskor ijrochi aktyorlarning mahorat darajasini inobatga oldilar.

 

Yakuniy natijalarga koʻra, Pediatriya fakultetining “Yosh ijodkorlar” jamoasi “Dolzarb mavzuning sahnaviy talqini uchun” nominatsiyasi boʻyicha, Stomatologiya fakultetining “Yosh implantologlar” jamoasi “Milliy anʼana va qadriyatlarni tarannum etgani uchun” nominatsiyasi bo’yicha taqdirlandi. Davolash fakultetining “Yosh dramaturglar” jamoasi esa “Eng yaxshi spektakl” nominatsiyasi bilan yuqori baholandi.

Shuningdek, Muhammadjasur Inomjonov “Eng yaxshi erkak roli uchun” hamda Shaxzoda Gʻofurova “Eng yaxshi ayol roli uchun” nominatsiyalari bilan taqdirlandi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!