alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“YO‘G’ON ICHAK KICHIK INVAZIV XIRURGIYASI” MAVZUSIDA ILMIY-AMALIY ANJUMAN O‘TKAZILDI

12:12 01.04.2022

Andijon davlat tibbiyot institutida «Yo‘g‘on ichak kichik invaziv xirurgiyasi” mavzusida xalqaro ilmiy amaliy anjuman o‘tkazildi. 2 kun davom etgan mazkur anjumanda Rossiya, Dubay, Qozog‘iston, Hindiston kabi davlatlardan hamda O‘zbekistonning yetakchi mutaxassislari onlayn tarzda ishtirok etdi.

Anjumanning birinchi kunida Andijon davlat tibbiyot institutining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor K.Salohiddinov xalqaro miqyosda o‘tkazilayotgan konferensiya va ilmiy-amaliy anjumanlarning tibbiyot sohasidagi ahamiyati, mutaxassislarning tajriba almashinuvida ayni muddao bo‘layotganini ta’kidlab o‘tdi.

Anjumanni Astana tibbiyot universiteti professori A.Fursov  kirish so‘zi bilan ochib berdi va o‘z so‘zida Qozog‘iston va O‘zbekiston hamkorligi, ayniqsa Andijon davlat tibbiyot instituti bilan hamkorlik aloqalari bardavom etayotganini bildirdi.

13 nafar mutaxassislar o‘z ma’ruzalari bilan anjumanda qatnashishdi.  Unda ma’ruzachilar yo‘g‘on ichak to‘g‘risida anatomik va fiziologik ma’lumotlar, yo‘g‘on ichak kasalliklarini tekshirish usullari va tasnifi, kasallik klinikasi, tashxisi va taqqosiy tashxis o‘tkazish, xirurgik davolashda ko‘rsatmalar, operatsiya turini tanlash kabi mavzularda tajriba va fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Anjumanning ikkinchi kunida mutaxassislar hamkasblari, professor-o‘qituvchilar, talabalarga seminar-trening olib bordilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!