(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga qatiy rioya eting!

11:08 05.12.2020

Respublika miqyosida kuz-qish mavsuminida favqulotda vaziyatlar profilaktikasini tashkil etish maqsadida 2020-yilning 25-noyabridan 25-dekabiriga qadar “Aholini va hududlarni favqulotda vaziyatlardan muhofaza qilish oyligi” o‘tkazilmoqda. Shu munosabat bilan Andijon davlat tibbiyot instituti Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi tomonidan targ‘ibot-tashviqot tadbirlari muntazam o‘tkazib kelinmoqda.

Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi boshlig‘i O‘.Ahmedov institut xodimlari va talabalar o‘rtasida elektr, gaz va issiqlik ta’minoti vositalaridan xavfsizlik qoidalariga amal qilgan holda foydalanish, yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga qatiy rioya etish yuzasidan tizimli tushuntirish ishlarini olib bormoqda. Targ‘ibot tadbirlarida soha mutaxassislari faol ishtirok etmoqda.

Institut hududida yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga qatiy rioya etish zarurligi mavzusida tayyorlangan ko‘rgazmali vositalar joylashtirildi.

Azizlar, qish mavsumini betalofat o‘tkazish uchun yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga qatiy rioya etaylik!

 ADTI Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi