alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“YONG’IN XAVFSIZLIGI OYLIGI”DA FAOL ISHTIROK ETAYLIK!

15:47 16.11.2022

Qish faslida isitish moslamalariga bo’lgan ehtiyojning oshishi yong’in xavfini ortishiga sabab bo’ladi. Respublikamizda yong’inlar bilan bog’liq baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida joriy yilning 15-noyabridan 15-dekabriga qadar «Yong’in xavfsizligi oyligi» deb e’lon qilindi va mazkur oylik doirasida Andijon davlat tibbiyot institutida turli tadbirlar o’tkazilmoqda.Tadbirlardan ko’zlangan asosiy maqsad institutimiz xodimlari va talabalariga muassasada yong’in xavsizligiga rioya qilish, elektr jihozlaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanish, birgina ishda emas o’z yashash xonadonlarida ham mazkur qoidalarga amal qilish, qo’lbola isitish vositalaridan foydalanmaslik, is gazidan ehtiyot bo’lish borasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.


Shuningdek, “Life support team” talabalar jamoasi bilan hamkorlikda favqulodda vaziyatlarda yong’inni o’chirish holatlari borasida amaliy mashg’ulotlar ham olib borildi.
Qolaversa, institutning barcha o’quv binolari va Talabalar turar joyida yong’in xavfsizligi borasidagi bannerlar, qo’llanmalar mavjud bo’lib, bu borada talabalarga keng tushuntirilmoqda.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!