alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

YONG’IN XAVFSIZLIGI QOIDALARI AMALIY MASHG’ULOTLAR BILAN TUSHUNTIRIB O’TILDI

13:38 25.11.2022

Ma’lumki, respublikamizda 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar Yong’in xavfsizligi oyligi deb e’lon qilindi. Kuz-qish mavsumida havo haroratining keskin pasayib ketishi bilan fuqarolarimiz tomonidan xonadonlarni isitish maqsadida turli xildagi yoqilg’i mahsulotlari, isitish va gaz uskunalaridan foydalanishga bo’lgan ehtiyoj kundan-kunga oshib bormoqda. Bu esa, o’z navbatida, yong’in va texnika xavfsizligi qoidalari talablarining buzilishi natijasida xonadonlarda tabiiy gaz va havo aralashmasining chaqnashiga, fuqarolarning is gazlaridan zaharlanib qolish ehtimoli oshishiga olib kelishi mumkin.

 

Mazkur salbiy oqibatlarning oldini olish maqsadida Andijon davlat tibbiyot institutida Andijon shahar Favqulodda vaziyatlar bo’limi tomonidan tadbir o’tkazildi. Unda institut Fuqaro va mehnat muhofazasi bo’limi xodimlar, tyutorlar va talabalar ishtirok etdi.

Tadbirda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’I A,Abduhalimov, Andijon shahar FVB boshlig’I o’rinbosari, podpolkovnik X.Abdullayev hamda bo’lim inspektori, katta leytenant M.Qo’ziboyev so’z olib, institut xodimlari va talabalarga yong’inning oldini olishga doir o’tkazilayotgan tadbirlarning maqsad va vazifalari haqida keng tushuntirib o’tdilar. Shuningdek, yong’inning paydo bo’lish sabablari, favqulodda vaziyatlarda qay holatda harakatlanish, o’t o’chirish uskunalaridan to’g’ri foydalanish, yong’in sodir bo’lganda dastlab nimalarga e’tibor qaratish zarurligini amaliy mashg’ulotlar orqali namoyish etildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!