Andijon shahar Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Sh.Nazirov Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari bilan uchrashuv olib bordi. Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov ishtirok etdi.
Muloqot davomida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, giyohvandlik iste’moli, savdosiga aralashib qolmaslik, korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi dori vositalari savdosidan ogoh bo‘lish, o‘g‘irlik, talonchilik kabi salbiy holatlardan yiroqda bo‘lish mavzularida so‘z bordi. Talabalarga bugungi kunda yoshlarga barcha sohalarda ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rliklardan oqilona foydalanib, bo‘sh vaqtlarni o‘qish va o‘rganish bilan o‘tkazishlari alohida ta’kidlab o‘tildi.