Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi tomonidan tashkil etilgan “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafonining respublika bosqichi boʻlib oʻtdi.
Unda 300 ga yaqin ishtirokchilar roʻyxatdan oʻtdi. Mutaxassislar tomonidan qatnashchilarning loyihalari saralanib, 8 nafar jamoa gʻolib, deb topildi. Ular orasida institutimizning iqtidorli talabalari Islombek Bektashev, Muhammadayubxon Boboyev hamda Asilbek Dilshodovning ham borligi bizni yana bir karra quvontirdi.
Gʻoliblarning har biri 15 mln soʻm miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Fotosuratlar Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining rasmiy saytidan olindi.