Aholi salomatligi yo‘lida tinmayotgan bo‘lajak shifokorlarimiz yana bir targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirdilar.
“Yosh volontyorlar” jamoasining 25 nafar a’zosi Andijon shahridagi 6-kichik daha, “Xolis” dehqon bozori, “O‘zbegim” mahalla fuqarolar yig‘ini atrofida ko‘cha-ko‘yda va jamoat joylarida fuqarolarga tibbiy niqobdan doimiy foydalanish, jamoat joylaridagi umumiy ovqatlanish oshxonalarida sog‘lom ovqatlanish qoidalariga amal qilish, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish borasida ko‘rsatma va tavsiyalarini berib bordilar.
Bu ham aholi salomatligiga befqarq bo‘lmaslik, shifokorning birinchi galdagi vazifasi bemorni davolash bilan birga, kasallikning oldini olishga qaratilgan amaliy ishlarning namunasi bo‘ldi.