“Yosh volontyorlar” uchun uzoq masofalar ham hech gap emas. Bugun ular Ulugʻnor tumani “Yangiobod” MFYdagi Olchazor, Mardlik, Shoʻrtan koʻchalarida targʻibot tadbirlarini olib bordilar. Aholi bilan birma-bir suhbat olib borishar ekan, ularning sogʻlom turmush tarziga rioya qilish borasidagi fikrlari bilan ham tanishdilar. Shuningdek, aholi oʻrtasida toʻgʻri ovqatlanish, karantiin qoidalariga rioya qilish, vaksinatsiya jarayonlarida faol ishtirok etish borasida maʼlumotlar berdilar.
Targʻibot davomida volontyorlar “Ulugʻnor baraka chevarlar” xususiy korxonasida ham boʻldilar. Tikuvchi ayol va qizlar oʻrtasida vaksinatsiya jarayonlari borasida soʻrovnoma ham oʻtkazdilar. Infeksiyaga qarshi emlanganlar oʻzlarida kechgan jarayonlar bilan oʻrtoqlashdilar. Bu borada talabalarimiz kerakli tavsiya va koʻnikmalarni berdilar va barchani vaksina olishga chorladilar.
ADTI matbuot xizmati