alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“YOSH VOLONTYORLAR” TARGʻIBOTI DAVOM ETMOQDA

20:52 09.10.2021

“YOSH VOLONTYORLAR” TARGʻIBOTI DAVOM ETMOQDA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Andijonga qilgan tashrifi davomida bir guruh shifokorlarga Shahrixon tumani aholisini chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishi borasida topshiriq bergan edi. Shu bois ayni damda Shahrixon aholisining salomatligi tekshiruvdan oʻtkazilmoqda. Andijon davlat tibbiyot institutining “Yosh volontyorlar” jamoasi ham mazkur toshiriqqa oʻz targʻibot dasturlari bilan labbay, deb javob bermoqda. Shahrixon tumanidagi A.Navoiy oilaviy poliklinikasi patronaj hamshiralari bilan birgalikda “Segazaqum”, “Qalʼacha” MFYlaridagi Istiqlol, Oʻzbekiston, Salmon-Forsiy, Ortish koʻchalari aholisi bilan sogʻlom turmush tarziga rioya qilish borasida suhbat olib bordilar.

Suhbat davomida talabalar aholiga toʻgʻri ovqatlanish, sogʻlom turmush tarziga, gigiyena qoidalariga amal qilish, bemorlarga uy sharoitida tez tibbiy yordam koʻrsatish borasida tavsiyalar berdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!