Andijon davlat tibbiyot institutining “Yosh volontyorlar” jamoasi bu galgi targʻibot dasturlarini Qoʻrgʻontepa tumanida olib bordilar. Qorasuv shaharchasidagi markaziy poliklinikada tibbiy koʻrikka kelgan bemorlarga, “Mirzo Ulugʻbek” MFYning Oʻqituvchilar, Oqibat, Kamalak va Mirzo Ulugʻbek koʻchalarida aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarziga, toʻgʻri ovqatlanishga rioya qilish borasida tushunchalar berib oʻtdilar. Ayniqsa, bugungi kundagi anomal issiq davrida oftob urushidan saqlanish, uy sharoitida bemorga birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha amaliy jarayonlar orqali maʼlumot berdilar.