Andijon davlat tibbiyot institutining “Yosh volontyorlar” jamoasi Andijon shahrining Eski shahar “Dehqon bozori”, “O‘zbegim” savdo markazi hamda Registon maydoni hududida targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirdilar. Aksiya davomida ko‘ngilli yoshlar aholi gavjum joylar – bozorlar, savdo shahobchalarida bo‘lishib oddiy aholi – sotuvchilar, haydovchilar, oziq-ovqat tarqatuvchilar bilan dildan suhbatlashib, sog‘liklarini saqlash bo‘yicha o‘z maslaxatlarini berdilar.
Karantin davrida aholi o‘rtasida niqob bilan yurishni va gigienik qoidalarga amal qilish to‘g‘risida tushuntirdilar, gigienik ma’lumotlar hamda koronavirus belgilari va uning oldini olish haqida ma’lumotlar jamlangan bukletlarni tarqatdilar.
Andijon davlat tibbiyot instituti yosh volontyorlar jamoasi “Sog‘lom hayot” aksiyasini davom ettirish maqsadida Andijon “Jahon bozori”ga yo‘l oladi.
ADTI Yoshlar ittifoqi