Аndijon davlat tibbiyot institutida sanʼatga qiziquvchi yoshlarni birlashtiruvchi “Yosh gitarachilar” musiqa toʼgaragi mavjud. Endi bu yoshlarning safi yanada ortmoqda. Boisi mahallalardagi uyushmagan yoshlar orasida ham musiqa ixlosmandlari koʼp ekan. Haftaning har payshanba kunlari mazkur toʼgarak doirasida musiqa darslari olib borilmoqda. “Yoshlar festivali” doirasida ular ham badiiy chiqishlari, betakror musiqalari bilan munosib ishtirok etdilar.