alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“YOSHLAR FORUMI”DA BIZNING TALABALAR HAM MUNOSIB ISHTIROK ETMOQDA.

10:52 21.12.2021

“YOSHLAR FORUMI”DA BIZNING TALABALAR HAM MUNOSIB ISHTIROK ETMOQDA.

2021-yil 25-dekabrga qadar davom etadigan “Yoshlar forumi” Respublikamizning iqtidorli oʻgʻil-qizlarini jamladi. Yoshlarning ilmiy va texnikaviy gʻoyalarini roʻyobga chiqarish maqsad qilingan mazkur forumda Andijon davlat tibbiyot institutining bir qator talabalari ham ishtirok etmoqda.

Dastlab xabarimizni xushxabar bilan boshlamoqchimiz. Forum doirasida 18-19-dekabr kunlari Toshkent shahridagi Innovatsion oʻquv va ishlab chiqarish texnoparkida “Oʻzbekiston uchun 100 gʻoya” loyihasining final bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda institutimizning talabalari tomonidan taqdim etilgan 3 ta loyiha gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Abduqodir Yoʻldoshevning “Vitadent” kariesni oldini oluvchi dori vositasi, Muhammadayubxon Boboyev, Islombek Bektashev, Asilbek Dilshodovning “Imkon” egskiletlari hamda Durdona Musozodaning loyihalari xakamlar hayʼati tomonidan munosib baholandi.

Shuningdek, forum doirasidagi yana bir loyiha Jizzah viloyatining Zomin tumanida oʻtkazildi. “Biz birgamiz” shiori ostidagi uchinchi volontyorlar forumida ham institutimiz jamoasi munosib qatnashdi. 3 kunga moʻljallangan volontyorlar forumida yoshlarimiz sport musobaqalari, seminar-treninglar va yangidan-yangi loyihalarini taqdim etdilar.

Forum haqida yana xabarlarni berib boramiz.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!