Yoshlar ittifoqi – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Yoshlar ittifoqi

  • Andijon davlat tibbiyot instituti yoshlar ittifoqi BT yetakchisi: Qo‘chqarov Humoyun
  • Ish vaqti: Seshanba-Juma 13:00-17:00
  • Mobil Aloqa: +99890 544-11-67
  • Email: yoshlarittifoqi@adti.uz

• barkamol, mustaqil fikrlaydigan, o‘zining hayotiy pozitsiyasi va qat’iy e’tiqodiga ega, jamiyat hayotida munosib o‘rin egallash, mamlakatni isloh qilish, yangilash jarayonlarida hal qiluvchi kuch va tayanch bo‘lishga qodir yoshlarni shakllantirish, ularning siyosiy madaniyati, huquqiy savodxonligi va huquqiy ongini yuksaltirish;
• yoshlarni, xususan uyushmagan yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan va harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda tarixiy xotira, milliy g‘urur va o‘zlikni anglash, ro‘y berayotgan voqealarga daxldorlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish;
• yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning zamonaviy kasblarni egallashga bo‘lgan intilishini qo‘llab- quvvatlash, tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish;
• iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ular o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda ilmiy faoliyatga jalb qilish;
• yoshlar, xususan uyushmagan yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi, ekologik madaniyatni shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb qilish;

• yoshlarni, xususan uyushmagan yoshlarni diniy-ekstremistik va boshqa buzg‘unchi tashkilotlar ta’siridan, chetdan “ommaviy madaniyat” niqobi ostida kirib kelayotgan salbiy ta’sir va tahdidlardan asrash, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni profilaktika qilish va oldini olishga ko‘maklashish va boshqalar.

Ittifoqqa yuridik va jismoniy shaxslar Ustavda belgilangan tartibga asosan a’zo bo‘lish mumkin. Ya`ni, Ittifoqning maqsadini qo‘llab-quvvatlash istagini bildirgan,14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasida muntazam yashab kelayotgan fuqaroligi bo‘lmagan jismoniy shaxslar Ittifoqning a’zosi bo‘lishi mumkin Shu bilan birga yoshlar sohasidagi nodavlat notijorat tashkilotlari va yoshlar sohasiga oid korxona, muassasa va tashkilotlar hamda
a’zo bo‘lishi mumkin.



Ittifoqning tuzilmasigaquyidagilar kiradi:
• Ittifoqning Markaziy apparati;
• Ittifoqning hududiy tuzilmalari;
• Ittifoqning mahalliy tuzilmalari;
• Ittifoqning boshlang‘ich tashkilotlari;
• Ittifoqning to‘liq muassisligidagi yoki qoshidagi korxona, tashkilot va muassasalar, shu jumladan ommaviy axborot vositalari.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon davlat tibbiyot instituti Boshlang‘ich tashkiloti faol talabalarini qo‘llab-quvvatlash tartibi.

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 31-oktyabrdagi PQ-213-sonli qaroriga asosan, Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va harbiy qism qo‘mondonligi tomonidan berilgan tafsiyanomaga asosan to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilingan talabalarning kontrakt so‘mmasining 35 foiz miqdori O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi tomonidan to‘lab beriladi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Olit ta’lim fan va inaatsiyalar vvazirligining 2023-yil 04-aprel sanasidagi №03/15-262 soli hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashining 2023-yil 04- aprel sanasidagi №04-13/275 sonli “O‘zbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘sida”gi qo‘shma qaroriga asosan institut Boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi va koordenatorlari tayinlangan hamda institut yoshlar yetakchisi O‘zbekiston Respblikasi Vаzirlаr Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 517-son qаrоriga, institut yoshlar koordenarorlari yuqoridagi qo‘shma qarorga asosan moddiy rag‘batlantirilmoqda.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.01.2020 yildagi “Oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risi”dagi 59-sonli qarorining 7-bobi “Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasini shakllantirish va jamg‘arma mablag‘lari hisobiga talabalarga moddiy rag‘batlantirishlarni tayinlash va to‘lash tartibi” ga asosan institut boshlang‘ich tashkiloti faol talabalari moddiy rag‘batlantirilmoqda.

...

Xodjimatov Fayzullo Xayrullo o‘g‘li

“Besh tashabbus loyihalar” yo‘nalish koordinatori

...

Abdurahmonov Shoxjahon Ikromjon o‘g‘li

“Intellektual loyihalar” yo‘nalish koordinatori

...

Sotvoldiyev Javohir Jaxongir o‘g‘li

“Harbiy-vatanparvarlik loyihalar ” yo‘nalish koordinatori

...

Soibov Usmonojon Bahromjon o‘g‘li

“Tadbirkorlik va inavatsion loyihalar ” yo‘nalish koordinatori

...

Shermuhammedova Sug‘diyona Nurmuhammad qizi

“Talaba qizlar” yo‘nalish koordinatori

...

Sharipov Ubaydullo Shokirjon o‘g‘li

...

Foziljonova Nodiraxon Nozimbek qizi

“Davolash” fakulteti koordinatori

...

Turdiboyev Jasurbek Po‘latbek o‘g‘li

“Pediatriya” fakulteti koordinatori

...

Abdusattorov Muhammadaziz Azimjon o‘g‘li

“Stomatologiya” fakulteti koordinatori

ADTI Asosiy binosi 3- Etaj

Skip to content Click to listen highlighted text!