Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

YOSHLAR O‘RTASIDA GIYOHVANDLIKNI OLDINI OLISHGA QARATILGAN PROFILAKTIK TADBIR O‘TKAZILDI

11:49 08.02.2022

2021-yil statistik ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 500 milliondan ortiq odam giyohvandlik dardiga yo‘liqqan. Uning aksariyat qismini 30 yoshgacha bo‘lganlar tashkil etadi. Buning oqibatida har yili 200 mingdan ortiq kishi hayotdan ko‘z yumadi. Shu bilan birga, jahonda sodir etilayotgan jinoyatlarning 57 foizi giyohvandlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Mana shunday salbiy illatlarning oldini olish maqsadida “Yoshlar orasida giyohvand vositalarining tarqalishiga qarshi kurash” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi IIB jinoyat qidiruv boshqarmasi mayori D.Karimov, viloyat IIB jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘i Q.Abdurahimov,  viloyat hokimligi giyohvandlikka qarshi kurashishni nazorat qilish komissiyasi vakili J.Mansurov, Andijon shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i A.Appaqov, viloyat imom xatibi o‘rinbosari H.Sulaymonov, viloyat psixonevrologiya dispanseri narkologiya poliklinikasi vrachi Sh.To‘raqulov, poliklinika hamshiralari hamda Andijon davlat tibbiyot instituti prorektorlari, professor-o‘qituvchilari, talabalari ishtirok etdi.

Tadbirda giyohvandlik, uning salbiy oqibatlari, yoshlar kelajagiga putur yetkazishi, uning yovuz changaliga tushgan insonning undan qutulishi amrimahol ekanligi, buning oqibatida oilalarning buzilishi, nogiron farzandlarning tug‘ilishi, giyohvand moddalarning oldi-sottisi va unga vositachilik qilgan shaxslarning qonun oldida javob berishi kabi holatlar mutaxassislar tomonidan aniq misollar bilan tushuntirib berildi.

Tadbir davomida talabalar, ayniqsa dorixonalarda faoliyat olib borayotgan talabalar tomonidan berilgan savollarga soha xodimlari batafsil javob berdilar.

Skip to content Click to listen highlighted text!