Andijon davlat tibbiyot instituti kengashlar zalida “Yoshlar sog‘lom hayot tarafdori” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatini institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori P.Asxanov ochib, sog‘lom turmush tarzi omillari xususida gapirib o‘tdi.
Davra suhbati davomida Andijon viloyati prokuraturasi bo‘lim prokurori Behzodbek Payziboev, Andijon shahar “Eski gumbaz” jome’ masjidi imom xatibi Bahodirjon Ro‘ziboev, “Oila” ilmiy-tadqiqot amaliy markazi Andijon shahar boshqarmasi boshlig‘i Habiba Jo‘rabekova, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Andijon viloyati bo‘limi bosh mutaxassisi O‘tkirbek Rahmatovlar so‘zga chiqib, sog‘lom turmush, sog‘lom ovqatlanish, sog‘lom muhit, reproduktiv salomatlik va zararli odatlardan yiroq bo‘lish, shuningdek, shifokor sifatida aholi o‘rtasida sog‘lom hayotni targ‘ib etish masalalari kabi mavzularda o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Davra suhbati yakunida talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan tegishli javoblar oldilar.