alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

YOSHLAR YETAKCHILARINING FAOLIYATI OLIY TAʼLIM MUASSASALARI TOMONIDAN QOʻLLAB-QUVVATLANMOQDA

22:56 28.02.2022

Yoshlarning iqtidorini qoʻllab-quvvatlash, ularni ragʻbatlantirish, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning muammolarini oʻz vaqtida bartaraf etishda Yoshlar yetakchilarining faoliyati ayni muddao boʻldi. Bu borada ularga oliy taʼlim muassasalari ham koʻmakchiga aylandi.

Yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, ular bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2022-yil 19-yanvardagi «Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-92-son qarori qabul qilindi, qaror bilan barcha mahallalarda “Yoshlar yetakchisi” lavozimi joriy etildi va Yetakchilar o‘ziga biriktirilgan mahallalarda faoliyatini 6 ta asosiy yo‘nalishlarda amalga oshirishi belgilandi.

Mazkur vazifalar ijrosi yuzasidan Respublika Yozuvchilar uyushmasi raisi oʻrinbosari Botirjon Ergashev hamda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov, Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor v.v.b. S.Salohiddinov Marhamat tumanidagi “Rohat”, “Alitepa”, “Turon”, “Shoʻrqaqir”, “Dukchi eshon”, “Mingtepa” MFYlarida boʻldilar. Unda mahallalarda faoliyat olib borayotgan Yoshlar yetakchilari bilan yaqindan suhbatda boʻldilar va ularning ish jarayonlari bilan tanishdilar.

Uchrashuv chogʻida yoshlar bilan ishlash, ularning iqtidorini yuzaga chiqarish, ragʻbatlantirish, tanlov va tadbirlarga jalb etish boʻyicha takliflar bildirildi. Kelgusida hamkorlikda olib boriladigan ishlar borasida kelishib olindi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!