alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“Yoshlarning ahloqiy madaniyati va ota-ona oldidagi burchi”

11:54 25.01.2020

Oila ma’naviy olami o‘zaro hurmat, qadrlash, hamkorlik, murosasozlik, mehribonlik, rahmdillik,  mehr-oqibat, sabr-bardoshlilik, insonsevarlik, olijanoblik, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat kabi ma’naviy qadriyatlarni o‘zida mujassamlashtirishi muhimdir. Bunday qadriyatlarning oilada e’zozlanishi, bunga amal qilinishi oilada shunday ma’naviy muhitni yaratadi.Bu esa o‘sib kelayotgan avlod qalbi va ongi shakllanishida o‘ta muhimdir.  Shu asosda har bir oila a’zosining iste’dodi va salohiyati to‘la ro‘yobga chiqishi uchun sharoit yaratiladi. Natijada oila ma’naviyat maskani sifatida shakllanib boradi.

Andijon davlat tibbiyot instituti tibbiy biologiya va gistalogiya kafedrasi tashabbusi bilan “Kafedra kuni” doirasida Talabalar turar joyida “Yoshlarning ahloqiy madaniyati va ota-ona oldidagi burchi” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Yoshlarni oilaga tayyorlash, kattalarga, jumladan ota-onaga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgan mazkur tadbirda  tibbiy biologiya va gistalogiya kafedrasi mudiri R.R.Rahmonov va kafedraning professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
Talabalar turar joyi ma’ruzalar zalida jam bo‘lgan talabalarga kafedrasi mudiri R.R.Rahmonov tarbiyaning asosi oila muhiti ekanligi, bola oilada nimani ko‘rsa, shunga tahlid qilishi, oilada ota olijanob keng fe’l, bosiq, mulohazali va ozgina siyosatliroq bo‘lishi, ona esa mehribon, rahmli, bolalarini behuda qarg‘amaydigan va muloyim bo‘lmog‘i lozimligi xususida ma’ruza qildi.
Kafedraning ma’naviy ishlar bo‘yicha mas’uli N.Umarova oila tarbiyasi – bu umuminsoniy jarayonning bir bosqichi, keyinchalik butun umri davomida oladigan ma’rifat va hayot saboqlari uchun asos, zamin poydevor vazifasini o‘tashi, har bir ota-ona o‘z burchlarini anglagan holda oilani mustahkamligini ta’minlaydigan hamma xususiyatga to‘liq rioya qilishga harakat qilishi, uning vazifa va maqsadlarini tushunishi shartligi xususida so‘z yuritdi.

Tadbir davomida kafedra professor-o‘qituvchilari o‘zlari o‘qigan asralar asosida oila muqaddasligi, ota-onaning hurmati yuzasidan o‘z fikrlarini bildirishdi. “Yoshlarning ahloqiy madaniyati va ota-ona oldidagi burchi” mavzusida tadbir davomida stomatologiya fakulti 1-kurs talabalari Muhamad YUsuf she’rlaridan o‘qishdi, yoshlar tarbiyasiga oid sahna ko‘rinishlari namoyish etishdi. Tadbir davomida kitob mutoalasi, kitobxonlikning fazilatlari xususida ham fikrlar bildirildi, talabalar o‘qigan yangi asarlar haqida so‘zlab berishdi.

Oilada sog‘lom muhit mavjud bo‘lgandagina, ularda har tomonlama sog‘lom, barkamol inson shakllanadi. Yoshlar tarbiyasi xususan jismonan baquvvat, aqlan sog‘lom, umuminsoniy madaniyat, darajasi yuqori, zamonaviy bilim va kasbga ega bo‘lgan kelajak avlodni voyaga etkazishda oila ma’naviyatining tutgan o‘rni alohidadir.  Andijon davlat tibbiyot instituti tibbiy biologiya va gistalogiya kafedrasi tashabbusi bilan Talabalar turar joyida o‘tkazilgan “Yoshlarning ahloqiy madaniyati va ota-ona oldidagi burchi” mavzusida tadbir davomida yuqoridagi fikrlar alohida ta’kidlab o‘tildi.

N.Umarova

ADTI tibbiy biologiya va gistalogiya kafedrasi o’qituvchisi