alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Yuksak huquqiy madaniyat – taraqqiyot garovi

16:56 20.06.2019

2019- yil 20- iyun kuni Аndijon davlat tibbiyot instituti kengashlar zalida “Jamiyatda siyosiy –huquqiy madaniyatni shakllantirishda siyosiy partiyalarning o‘rni” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda  O‘zbekiston “Adolat” SDP siyosiy Kengashi rahbariyati, xalq deputatlari mahalliy  kengash deputatlari, partiya ekspertlari va boshlang‘ich partiya tashkiloti a’zolari qatnashdilar.

Seminar ishini O‘zbekiston “Adolat” SDP Andijon viloyat Kengashi matbuot kotibi A.Nazarov ochib berdi va “Aholining huquqiy savodxonligini yuksaltirishda piar texnologiyalardan foydalanish ” mavzusida gapirib o‘tdi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston “Adolat” SDP Siyosiy Kengashi raisi o‘rinbosari A. Rahmonov  “Jamiyatda siyosiy –huquqiy madaniyatni shakllantirishda O‘zbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasining o‘rni” mavzusida  ma’ruza qildi. U o‘z so‘zida avvalo, Andijon viloyatida olib borilayotgan izchil islohotlar, yuksak bunyodkorlik ishlari va o‘zgarishlarga to‘xtaldi. Shuningdek, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga yanada e’tibor qaratish, qonun ustuvorligini ta’minlashga erishish lozimligini ta’kidladi.

Ma’ruzalardan so‘ng, partiya faollaridan M.Sapieva va boshqalar o‘zlarining munosabatlarini, fikrlarini bildirdilar. Seminar ishi o‘zaro samimiylik, ishchanlik ruhida o‘tdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!