Yuqumli kasalliklar hamda Mikrobiologiya va virusologiya kafedralari tomonidan Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg Harbiy tibbiyot akademiyasining Yuqumli va tropik kasalliklar kafedrasi dotsenti V.Turitsin ishtirokida “Ichak parazitar kasalliklari” mavzusida masofaviy ma’ruza o‘tkazildi.
Unda kafedralar professor-o‘qituvchilari, magistratura rezidentlari, klinik ordinatorlar hamda 5- va 6-bosqich talabalari ishtirok etdilar. Ma’ruza davomida dotsent tomonidan ichak parazitar kasalliklari bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Yuqumli kasalliklar mutaxassisligi bo‘yicha 2-bosqich talabasi M. Abdurahmonovning “Amyobiazning maxsus profilaktikasi bormi?”, yuqumli kasalliklar bo‘yicha 1-bosqich klinik ordinator Z. Ro‘ziyevaning “Lyambliozni bolalarda kechish xususiyati qanaqa?” kabi savollariga mutaxassis batafsil javob berdi.