Andijon davlat tibbiyot instituti Yuqumli kasalliklar kafedrasi tomonidan joylarda targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Jumladan, kafedrasi katta o‘qituvchisi A.S.Mamatxo‘jayev 7255 sonli xarbiy qism xarbiy xizmatchilari o‘rtasida koronovirus va o‘tkir respirator infeksiyalar kelib chiqishi, oldini olish to‘g‘risida ma’ruza o‘qidi.
Shaxsiy tarkibning tushunchalarini oshirib, ularning qiziqtirgan savollariga to‘laqonli javob berdi.
Kafedra katta o‘qituvchisi M.E.Po‘latov esa Andijon qishloq xo‘jaligi institutida talabalar uchun “Koronavirus infeksiyasi, tarkalishi va unga karshi kurash choralari” haqida ma’ruza o‘qidi. Talabalar tomonidan berilgan savolllarga atroflicha javob berildi. Tadbir qiziqarli va mazmunli o‘tdi.
D.Mirzakarimova,
ADTI Yuqumli kasalliklar kafedrasi mudiri