alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“Yurak ish faoliyatini tashxislashda innovatsion usullar” mavzusida onlayn ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib  o‘tdi

10:26 09.07.2020

Andijon davlat tibbiyot instituti  Normal   fiziologiya     kafedrasi tomonidan “Yurak ish faoliyatini tashxislashda innovatsion usullar” mavzusida onlayn tarzda ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi. Unda kafedra xodimlari, institut professor-o‘qituvchilari va  talabalar ishtirok etdilar.

Konferensiyani kafedra mudiri, dotsent A.G.Xudoyarova ochib berdi va      ilmiy-amaliy konferensiyaning maqsad va vazifalarini tushintirib o‘tdi. Onlayn ilmiy-amaliy konferensiyada professor-o‘qituvchilar va talabalar yurak kasalliklari, tashxislar, kasallikni davolash usullari yuzasidan ma’ruzalar qilishdi. Muzokaralar davomida mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar, takliflar bildirildi.

“Yurak ish faoliyatini tashxislashda innovatsion usullar” mavzusida onlayn tarzda ilmiy-amaliy konferensiya yakunida Normal   fiziologiya     kafedrasi professori Sh.Q.Qodirov, 1-UASH kafedrasi assistenti, konferensiya xolis eksperti D.G‘.Irgashevalar so‘zga chiqib konferensiya ishtirokchilariga, jumladan talabalarga ishtiroklari uchun va ularning bilim olishga bo‘lgan qiziqishlaridan mamnuligini bildirdilar.
Ishtirokchilar onlayn konferensiyalarni yana davom ettirishga kelishib oldilar.

G.A.Turabidinova

ADTI  Normal   fiziologiya     kafedrasi assistenti

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!