O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasini Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi – professor-o‘qituvchilari va talabalari diqqat-e’tibor bilan o’rganmoqdalar.
Institutda hafta avvalida o‘tkaziladigan an’anaviy “Shukronalik” tadbirlari ham Murojaatnomada ko‘tarilgan masalalar muhokamasiga bag‘ishlandi.
Institut asosiy binosida normal fiziologiya kafedarsi mas’ulligida o‘tgan “Shukronalik” tadbrida so‘z olgan kafedra dotsenti A.N.Qodirov Murojaatnomada xalqchil, ochiq-oydin fikrlar bildirilganligi, jamiyatning har bir jabhasiga teran nazar tashlab, adolatli fikr va takliflar bildirilgan, ustuvor vazifalar tilga olinganligi haqida ma’ruza qildi.
Ma’ruzachi Yurtboshimiz tilga olgan vazifalar o‘rtasida tibbiyot sohasini rivojlantirish, shifokorlarning jamiyatda mavqeini, obro‘sini oshirish, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini tubdan yaxshilash, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ommaviy sportga jalb etish, mahallalarda sport bilan muntazam shug‘ullanish uchun maxsus maydonlar tashkil etish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqish borasidagi takliflari barchaga ma’qul kelganligi ta’kidlab o‘tdi.
ADTI Klinikasi binosida Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi tomonidan o’tkazilgan «Shukronalik» tadbirini Davolash fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari Ulugʻbek Karimov ochib, Murojaatnomada yoshlarga qaratilgan e’tibor, ularni ishga, o‘qishga va tadbirkorlikka jalb etish, ta’lim sohasini tubdan isloh qilish bilan yoshlarga kamarbasta bo‘lish muhim vazifa ekanligi alohida ta’kidlanligini aytib o‘tdi.
Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi mudiri, dosent R.N.Yuldashev O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasida jamiyatimimizda korrupsion holatlarning hanuz davom etib kelayotganligi alohida aytilganligi, taraqqiyotimizga g‘ov bo‘layotgan bu illatdan xalos bo‘lish uchun barchamiz, keng jamoatchilik barobar kurashishimiz zarurligi ta’kidladi.
Institut 2-o‘quv binosida o‘tkazilgan «Shukronalik» tadbirida ham Prezidentimiz Murojaatnomasi xalq tinchligi, yurt farovonligi va el salomatligi yo‘lidagi ezgu ishlarga chorlashi bilan alohida ahamiyatga ega ekanligi tilga olindi.
ADTI axborot xizmti