
Bugun, 27-fevral kuni Andijon davlat pedagogika institutida boʻlib oʻtgan «Yurtim qadriyatlari» respublika koʻrik-tanlovi Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi ham munosib ishtirok etdi.
Maʼlumot oʻrnida, tanlov talabalarning o’qishdan bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish va milliy, madaniy hamda ma’naviy qadriyatlarimiz bilan yaqindan tanishish maqsadida tashkil etilgan.
Quvonarlisi, mazkur tanlovda bizning «Shifokorlar» jamoasi eng yuqori ball bilan 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Tanlovning kelgusi bosqichida ham jamoamizga omad yor boʼlsin!