“YURTIM QADRIYATLARI” TANLOVI — INSTITUTNING FAKULTETLARARO BOSQICHI G‘OLIBLARI ANIQLANDI! – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“YURTIM QADRIYATLARI” TANLOVI — INSTITUTNING FAKULTETLARARO BOSQICHI G‘OLIBLARI ANIQLANDI!

15:19 21.10.2025

Bugun, 21-oktabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti sahnasida haqiqiy san’at bellashuvi bo‘lib o‘tdi! “Yurtim qadriyatlari” tanlovi — institutning fakultetlararo bosqichi ana shunday ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.

Tanlovda qatnashchilar 1-shart – Milliy qadriyat, an’ana va urf-odatlar, 2-shart – Kompozitsion musiqiy chiqishlar, 3-shart – Savol-javob sharti bo‘yicha bellashdilar.

Unda Viloyat qo‘g‘irchoq teatri bosh rejissyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Baxodir Jabborov, Andijon davlat tibbiyot instituti Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Abduxalimov, rejissyor D.Shayxov, O‘zbek tili va adabiyoti, tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi M.Berdiyorova ishtirok etdi va hakamlar hay’ati a’zolari sifatida chiqishlarni adolatli baholab bordilar.

Betakror chiqishlar yakunida:

1-o‘rinni Davolash fakulteti jamoasi;

2-o‘rinni Farmatsiya fakulteti jamoasi;

3-o‘rinni Stomatologiya va Pediatriya fakulteti jamoalari egalladi.

Barcha jamoalarni ushbu yutuq bilan samimiy qutlaymiz va tanlovning keyingi bosqichlarida muvaffaqiyat tilaymiz!

Skip to content