alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

YUTUQLAR MUBORAK, AZIZ TALABALAR!

22:07 15.03.2023

Joriy yilning 15-16-mart kunlari Samarqand davlat tibbiyot universitetida Oʻzbekiston Respublikasi tibbiyot oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida II talabalar forumi boʻlib oʻtmoqda. Dastlabki kun yakunida forumning rasmiy taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi va unda Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari ham yuqori natijaga erishdilar.

Xususan, “Zakovat” terma jamoamiz “Breyn-ring” baxslarida Respublikamizdagi barcha tibbiyot oliy taʼlim muassasalari jamoalari ichida faxrli 2-oʻrinni band qildilar. Bundan tashqari, forum doirasidagi “Ilmiy-innovatsion loyihalar” tanlovida institutimiz talabasi Mirzobobur Abdulhamidov oʻzining “Aromat terapiya” nomli loyihasi bilan ishtirok etib, faxrli 2-oʻrinni egalladi.

Mazkur yutuqlar bilan tabriklagan holda, talabalarimizning kelgusi faoliyat va ilmiy izlanishlarida omad va zafarlar tilab qolamiz.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!