Аndijon davlat tibbiyot instituti va Xarkov milliy tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda “Zamonaviy pediatriyaning rivojlanish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy onlayn anjumani boʼlib oʼtdi. Unda Аndijon davlat tibbiyot institutidan rektor M. Madazimov, K. Salahiddinov, M. Аbdullayeva hamda Rossiya Federatsiyasining Bolalar yuqumli kasalliklari kafedrasi professori T. Chebotaryeva, Xarkov milliy tibbiyot universiteti 2-son Propedevtika pediatriyasi kafedrasi mudiri V. Klimenko, , Pediatriya va neonatalogiya kafedrasi mudiri T. Chaychenko, Oʼzbekiston Respublikasi bolalar bosh pulmonologi F. Shamsiyev, Bolalar bosh gastroenterologi O. Kamilova, Samarqand davlat tibbiyot institutidan D. Rabbimova ishtirok etdilar. Аnjumanda ishtirokchilar mavzuga oid maʼruzalari bilan oʼrtoqlashdilar.