Oʻz ustida tinmay izlanuvchan, bilimini boyitib boruvchi talabalar oʻzlarini “Zakovat” intellektual oʻyinida sinab koʻrishmoqda. Yakka tartibda tengdoshlari bilan bellashgan talabalar endi jamoa boʻlib kurash olib borishmoqda.
Talabalar turar joyida “Zakovat” ligasining 1-tur baxslari oʻtkazildi. Unda roʻyxatdan oʻtgan 18 ta jamoadan 13 tasi ishtirok etdi. “Albion”, “Brain”, “Bright Future”, “Divergent”, “Everest team”, “Dominant”, “Genius”, “Forward”, “Iqro”, “Kursantlar”, “Labirint”, “Olmos”, “Pharmmind” jamoalari 12 ta savollarga bir daqiqa oraligʻida javob berishga harakat qildilar.
1-tur yakunlari oʻz nihoyasiga yetdi. Endi hakamlar hayʼati tomonidan turnir jadvali hamda “Eng yaxshi bilimdon” ishtirokchilarining reytingi shakllantiriladi.
Turnir davom etadi.