“Zakovat Quiz” intellektual o‘yini o‘tkazildi – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“Zakovat Quiz” intellektual o‘yini o‘tkazildi

17:11 11.03.2026

“Ayollarga ehtirom” oyligi hamda 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Andijon davlat tibbiyot institutida ayol professor-o‘qituvchilar va xodimalar o‘rtasida “Zakovat Quiz” intellektual o‘yini tashkil etildi. Tadbir institut Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti hamkorligida yuqori saviyada o‘tkazildi.

Tadbirni institut rektorining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi G.Xolmatova kirish so‘zi bilan ochib berib, barcha ayollarni bayram bilan samimiy tabrikladi hamda bunday intellektual uchrashuvlar jamoada birlik, faollik va ilmiy muhitni yanada mustahkamlashini ta’kidladi.

Intellektual o‘yinni intellektual loyihalar koordinatori Sh.Abduraxmonov qiziqarli va yuqori kayfiyatda olib bordi. O‘yinda 7 ta jamoa bilim va zukkolik borasida o‘zaro bellashdi.

Qiziqarli savollar, mantiqiy topshiriqlar va musobaqaviy ruh bilan o‘tgan bahslar yakunida g‘oliblar aniqlandi:

🥇-o‘rin — “Orxideya” jamoasi — 1 800 000 so‘m
🥈-o‘rin — “International team” jamoasi — 1 500 000 so‘m
🥉-o‘rin — “Psixiatriya” jamoasi — 1 000 000 so‘m

G‘olib jamoalar diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘z bilimlari, tezkor fikrlashi va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini namoyish etib, barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Skip to content