alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“ZAKOVAT”DA BILIMDON QIZLAR BELLASHDI

12:03 11.10.2023

Andijon davlat tibbiyot institutida ta’lim olayotgan talaba-qizlar o‘rtasida 11-oktabr – Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘yicha bayram turniri tashkil qilindi.

Institutning Xotin-qizlar maslahat kengashi, Yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti hamda “Zakovat” intellektual klubi hamkorligida bo‘lib o‘tgan ushbu bayram turnirida institut talaba-qizlari hamda Akademik litsey o‘quvchi-qilzridan tashkil topgan 10 ta jamoa g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Tadbirning ochilish marosimida institut Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.Xolmatova so‘z olib, barcha bilimdon qizlarini “Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan tabrikladi va boshlanayotgan o‘yinda barcha qatnashchilarga omad tiladi.

O‘yin institutning “Zakovat” intellektual klubi koordinatori Sh.Abduraxmonov tomonidan olib borildi. Murosasiz kechgan bellashuvlar yakunida Davolash fakultetining “Dominant” hamda Farmatsiya fakultetining “Pharmacon” jamoalari bir xilda ballarni jamg‘ardi. Ushbu jamoalar o‘rtasida qo‘shimcha savollar o‘ynaldi va natijaga ko‘ra, Davolash fakultetining “Dominant” jamoasi bilimdon talaba-qizlari bayram turnirining mutlaq g‘olibalariga aylandi hamda 1 000 000 (bir million) so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdilar. 2-o‘rinni egallagan Farmatsiya fakultetining “Pharmacon” jamoasi bilimdon qizlari esa 500 000 (besh yuz ming) so‘m miqdoridagi pul mukofotiga sazovor bo‘ldilar. G‘olib va sovrindorlar Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan tashkil qilinadigan katta bayram tadbirida institut rektori tomonidan tantanali tarzda taqdirlanadi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!