alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“ZAKOVAT”NING 2-TUR BAXSIDA MEHMON JAMOALAR HAM ISHTIROK ETDI

22:40 04.03.2022

“Zakovat” intellektual oʻyini talabalar oʻrtasida tobora ommalashib bormoqda. Unda ishtirok etish uchun yangi jamoalar shakllanmoqda. Andijon davlat tibbiyot institutida fakultet va yoʻnalishlar boʻyicha oʻtkazilayotgan tur  baxslariga yangi jamoalar qo’shilmoqda.

Talabalar turar joyida oʻyinning 2-tur baxsi boʻlib oʻtdi.

Unda 18 ta institutimiz jamoasi hamda 3 ta mehmon jamoa – Andijon davlat universitetining “Burgutlar”, “Universal”, “Best” jamoalari ishtirok etdi. Bu ham boʻlsa, musobaqaning qiziqarli oʻtishini taʼminlagan boʻlsa, doʻstona hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Jamoalar jami 12 ta savolga javob berdilar. Ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, tibbiyot, taʼlim sohalarida bilimlarini sinovdan oʻtkazgan yoshlar, mantiqiy savollarga oʻyla-ab javob berdilar.

Yakuniy xulosalarga koʻra, institutimizning “Albion” jamoasi gʻolib boʻldi.

Oʻyinning tur baxslari yana davom etadi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!