«ZAMONAVIY STOMATOLOGIYADA INNOVATSION YONDASHUVLAR» MAVZUSIDA ILMIY-AMALIY SEMINAR O‘TKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

«ZAMONAVIY STOMATOLOGIYADA INNOVATSION YONDASHUVLAR» MAVZUSIDA ILMIY-AMALIY SEMINAR O‘TKAZILDI

16:09 05.11.2024

Аndijon davlat tibbiyot institutida Ortopedik stomatologiya va ortodontiya kafedrasi tashabbusi bilan, shuningdek, Terapevtik stomatologiya kafedrasi yordamida  «Zamonaviy stomatologiyada innovatsion yondashuvlar» mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

 

Unda Ortopedik stomatologiya, Ortodontiya, Kariesologiya, Endodontiya,  Xirurgik stomatologiya yo‘nalishlari bo‘yicha ma’ruzalar olib borilmoqda. Mazkur seminarda professor-o‘qituvchilar, talabalar, magistrlar, klinik ordinatorlar hamda  shifokorlar ishtirok etdi.

Seminar doirasida Namangan shahridagi «Dr.Karimov’S Dental Clinic» klinikasi bosh shifokori, endodontolog M.Karimov  “Qo’shimcha ildiz kanallari haqida ma’lumotlar. Ildiz kanallari morfologiyasi va topografiyasi”, Farg’ona viloyati Rishton tumanidagi xususiy stomatologik klinika shifokor-stomatologi K.Muxtorov “Stomatologiyada izolyatsiyaning ahamiyati va turlari”, Farg’ona shahridagi «Dentimo Dental Clinic» klinikasi shifokori S.Karimov “Zamonaviy usulda kariesni davolash ketma-ketligi”,  «I Dental Clinic» klinikasi bosh shifokori, ortoped-stomatolog  A.Xojiboev  “Ortopediyadagi xato va kamchiliklar”, «Doktor Aziz Stom» klinikasi shifokori, og’iz bo’shlig’i jarrohi B.Dehqonov  “Zamonaviy xirurgik stomatologiya va implantologiyada atravmatik tish olishning ahamiyati”, «Vodiy Shifo Dent» klinikasi shifokori, ortodont I.Alikariyev  “Zamonaviy stomatologiyada fotoprotokolning ahamiyati” mavzularida ma’ruzalar olib bordi.

Skip to content Click to listen highlighted text!