“Zamonaviy stomatologiyaning dolzarb muammolari” mavzusida o‘quv-amaliy seminar

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Andijon davlat tibbiyot instituti Gospital va klinik stomatologiya kafedrasida “Zamonaviy stomatologiyaning dolzarb muammolari” mavzusida xalqaro o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda Belarussiya davlat tibbiyot unversiteti 2-Terapevtik stomatologiya kafedrasi mudiri, t.f.d, professor T.N.Manak va Toshkent davlat stomatologiya instituti Fakultet terapevtik stomatologiya kafedrasi mudiri t.f.d. professor O.E.Bekjanovalar ishtirok etdilar.

Seminarda institut stomatologiya fakulteti mutaxassislik   kafedralari professor-o‘qituvchilari hamda viloyatda faoliyat yuritayotgan vrach-stomatologlar qatnashdilar.

Seminarda keyin ADTI Gospital va klinik stomatologiya kafedrasi TDSI Fakultet stomatologiya kafedrasi va BDMU 2-Terapevtik stomatologik kafedrasi o‘rtasida o‘quv, uslubiy, amaliy yo‘nalishlarda hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishib olindi.

239