Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“ZAMONAVIY XIRURGIYA MUAMMOLARI” XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN OLDI YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI

19:42 13.09.2022

Andijon davlat tibbiyot institutida joriy yilning 12-sentabr kuni “Zamonaviy xirurgiya muammolari” mavzusida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi rejasiga kiritilgan Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtadi. Bugun mazkur anjuman oldi yigʻilishi oʻtkazildi. Unda institut rektori M.Madazimov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor K.Salohiddinov, ilmiy boʻlim xodimlari, fakultet dekanlari va boshqalar ishtirok etdi.

Yigʻilish davomida anjumanni oʻtkazishga faol tayyorgarlik, mavzular boʻyicha maʼruzalarni tayyorlash, soha xodimlarini jalb etish, anjuman tafsilotlarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish borasida soʻz bordi va masʼul xodimlarga topshiriq hamda koʻrsatmalar berildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!