alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“ZOʻRAVONLIKKA QARSHI 16 KUN” LOYIHASI ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA

22:36 26.11.2021

“ZOʻRAVONLIKKA QARSHI 16 KUN” LOYIHASI ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA

Ilmiy kengashlar zalida 25-noyabr – Butunjahon “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish kuni” munosabati bilan institut xotin-qizlar kengashi tomonidan “Zoʻravonlikka qarshi 16 kun” aksiyasi doirasida talaba-qizlar bilan davra suhbati oʻtkazildi. Unda viloyat hokimining xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchisi, viloyat mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari M.Nizamova, viloyat prokuraturasi xodimi D.Obidov, viloyat IIB maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati IIOda XQMB bosh inspektori Xotin-qizlar jamoatchilik kengashi raisi, kapitan B.Mirzayeva, viloyat Adliya boshqarmasi xodimi M.Sodiqova, institut xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.Xolmatova ishtirok etdi.

Davra suhbati davomida “Zoʻravonlikka qarshi 16 kun” nomli aksiyasining mazmun-mohiyati hamda ushbu aksiyani viloyatda yuqori saviyada oʻtkazilishi yuzasidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar, xotin-qizlarning haq-huquqlarini taʼminlashda ayollarga nisbatan zoʻravonlik va tazyiqning har qanday koʻrinishiga barham berish borasida davlat organlari masʼuliyatini va fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oshirish, Ichki ishlar organlari tomonidan bugungi kunda oilaviy zoʻravonliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusida hamkorlikda amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar, Gender tenglikni taʼminlashga va ayollarning ijtimoiy turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, Andijon davlat tibbiyot institutida “Xotin qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish” va “Zoʻravonlikka qarshi 16 kun” aksiyasi doirasida olib borilyotgan ishlar mavzularida maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, tadbir davomida talaba-qizlar oʻrtasida zoʻravonlikka qarshi kurash borasidagi tushunchalarni shakllantirish maqsadida rasm chizish mashgʻuloti ham oʻtkazildi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!