Bo‘lajak shifokorlarimiz birgina aniq fanlardan emas, ijtimoiy fanlardan ham a’lo baholarga o‘qiydilar.
Buning isboti o‘laroq oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida “San’at va madaniyat haftaligi doirasida “Zakovat” intellektual o‘yinida faol ishtirok etdilar.
Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga oid savol-javoblarga hech ikkilanmay tezkorlik va zukkolik bilan javob berdilar. O‘yinda institutimiz Davolash fakultetining talabalaridan iborat jamoa faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.