Abiturientlar diqqatiga !

217 Yangiliklar

E’lon!

 1. Xurmatli talabalikka tavsiya qilingan abituriyentlar, sizlarni o’z yo’nalishingiz bo’yicha fakultet dekanatlaridan zudlik bilan ro’yxatdan o’tishingiz so’raladi.

2. Xurmatli to’lov-shartnoma asosida talabalikka tavsiya qilingan abituriyentlar, sizlardan institutning Marketing bo’lim tomonidan shartnomani rasmiylashtirib, 15 sentabrga qadar belgilangan mablag’larni to’lashingizni so’raymiz.

3.  2017 yil 1 oktabrdan 10 oktabrgacha qabul komissiyasiga murojaat qilishlaringiz mumkin. To’plangan ballari o’rnatilgan kvota doirasidagi qabul chegaralariga 4 ballgacha farq bo’lsa ariza yozilmaydi, kontrakt to’lashga shartnoma olishlari mumkin.

4. To’plangan ballari o’rnatilgan kvota doirasidagi qabul chegaralariga 4 balldan ortiq yetmagan va to’plashi mumkin bo’lgan eng yuqori ballning 30%(68.0 ball)dan kam bo’lmagan abituriyentlar, birinchi o’quv yiliga o’rnatilgan to’lov-kontrakt miqdoriga nisbatan 20 barobar (Oliy hamshiralik ishi yo’nalishi talabalari uchun 10 barobar) oshirilgan to’lov-shartnoma asosida o’qish istagini bildirganlar 2017 yil 1 oktabrdan 10 oktabrgacha qabul komissiyasiga ariza berishlari mumkin.


Maqolaga ovoz bering:  

Do'stlaringizga ulashing: