Andijon davlat tibbiyot instituti 2018-2020 yillarga doktorantura va tayanch doktoranturaga qabul to‘g‘risida e’lon

Bosma uchun

Andijon davlat tibbiyot instituti 2018-2020 yillarga doktorantura va tayanch doktoranturaga qabul to‘g‘risida e’lon

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida» PF-4958-sonli Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2017 – yil 22 – maydagi 304-sonli qaror  ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat tibbiyot instituti 2018-2020 yillarga doktorantura va tayanch doktoranturaga qabul e’lon qiladi:

  1. Tayanch doktoranturaga quyidagilarga ega bo‘lganlar qabul qilinadi:

magistr darajasiga yoxud klinik ordinaturani tugatgan (tibbiyot fanlari uchun), oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) ega bo‘lganlar;

falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy natijalar, shu jumladan, ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ikkitadan kam bo‘lmagan ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan ma’ruza tezislariga ega bo‘lganlar.

Tayanch doktoranturada o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

ariza;

qisqacha biоgrafik ma’lumotnoma;

mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganlik (tibbiyot fanlari uchun), oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek, ularning nusxalari.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.

Tayanch doktoranturada o‘qish uchun talabgorlar mutaxassislik va chet tili (ta’limning oldingi darajalarida o‘rganilgan xorijiy til) bo‘yicha kirish imtihonlari topshiradilar. Talabgorlarda IELTS (o‘rtacha balli kamida 5,5), TOEFL (RVT) (567 balldan kam bo‘lmagan), TOEFL (iBT) (87 balldan kam bo‘lmagan), CEFR (V2 darajadan past bo‘lmagan) bo‘yicha tasdiqlovchi amaldagi xalqaro malaka sertifikatlari mavjud bo‘lganda chet tilidan topshiriladigan imtihonlardan ozod etiladi.

  1. Doktoranturaga quyidagilarga ega bo‘lganlar qabul qilinadi:

fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud ularga tenglashtirilgan xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalar;

fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi yoxud ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar olgandan so‘ng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lganlar.

Doktoranturada o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

ariza;

qisqacha biоgrafik ma’lumotnoma;

mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;

nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek, ularning nusxalari.

Doktoranturada o‘qish uchun kirayotgan talabgorlar qabul komissiyasi tomonidan ixtisoslik bo‘yicha suhbatdan o‘tadilar.

Hujjatlar qabul komissiyasi tomonidan 15 sentyabrdan 15 oktyabrgacha bo‘lgan davrda qabul qilinadi.

Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari va doktoranturaga kirish uchun suhbat noyabr oyida o‘tkaziladi. (Aniq sana qo‘shimcha e’lon qilinadi).

 

Andijon davlat tibbiyot instituti

  Ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi.

Mas’ul dotsent YU.X.Xolboevga murojaat

 qilinadi: (91)6207021, (0374)2239463.

 

 

 

 

Leave a Reply