Andijon davlat tibbiyot institutida “Adolat” SDP Andijon viloyati Kengashi tashabbusi bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Bosma uchun
QONUN VA ADOLAT USTUVORLIGINI TA’MINLASН-BARCНA EZGU MAQSADLARIMIZGA ERISНISНNING ENG MUHIM SНARTI

2017- yil  29- iyun kuni Andijon davlat tibbiyot institutida “Adolat” SDP Andijon viloyati  Kengashi tashabbusi bilan  davra suhbati bo‘lib o‘tdi.  Davra suhbati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning joriy yil 13 iyun kuni sud organlari xodimlari bilan uchrashuvidagi “ Qonun va adolat ustuvorligini ta’minlash -barcha ezgu maqsadlarimizga erishishning eng muhim sharti “ mavzusida so‘zlagan nutqidan kelib chiqadigan O‘zbekitson “Adolat” SDP deputatlik korpusi hamda faollari  oldida turgan   dolzarb vazifalarga bag‘ishlandi.

Tadbirni institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori v/b P. Asxanov ochib, Prezidentimizning ushbu ma’ruzasining mazmun-mohiyati to‘g‘risida ma’ruza qildi. Davlatimiz rahbarining sud tizimida adolat tamoyillariga nechog‘li rioya qilinayotganligi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish orqali xalqimizning sud tizimiga bo‘lgan ishonchini qat’iy mustahkamlash,sohadagi islohotlar soha rivojiga tanqidiy yondashish, sud-huquq tizimidagi dolzarb vazifalarni samarali hal qilish va bu borada sud idoralari , sudyalar faoliyatini yangicha asosda tashkil etish kabi masalalarga to‘xtalib o‘tganligini ta’kidladi.

Shuningdek, tadbirda   sud, huquq-tartibot organlari xodimlari, “Adolat” SDP shahar va tuman kengashi deputatlari va partiya faollari, mahalla, xalq ta’limi, ADTI va boshqa tashkilotlar  xodimlari qatnashdilar.

Davra suhbati savol-javoblar, fikr-mulohazalar bilan yanada qiziqarli o‘tdi.

 

 

Leave a Reply