Yangiliklar

Andijon davlat tibbiyot institutida klinik ordinaturaning 32 ta yo‘nalishi va turli xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini ko‘chirayotgan(qayta tiklayotgan) talabalar uchun imtihonlar o’tkazildi

0 views News Comments: 5

Bosma uchun
2017- yil 23 -avgust kuni  Andijon davlat tibbiyot instituti ilmiy kengashlar zalida  2017-2018 o‘quv yili uchun klinik ordinaturaning 32 ta yo‘nalishiga  kirish imtihonlari o‘tkazilmoqda. Imtihonlar   og‘zaki va  test sinovlari  tarzida o‘tkaziladi.

        Shuningdek, turli xorijiy oliy  ta’lim muassasalaridan o‘qishini Andijon davlat tibbiyot institutiga ko‘chirayotgan(qayta tiklayotgan) talabalar uchun ham 23 avgust kuni  (onlayn) test  sinovlari bo‘lib o‘tdi. Test va imtihon sinovlarini adolatli va xolis o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligidan  vakillar va kuzatuvchilar ishtirok etmoqdalar.